Oxirgi yangilangan sana: 26.03.2025
Yaqinda bitta guruhimizda kundalik nima dasturlar ishlatish bo'yicha gaplashgan edik. Shu dasturlar ro'yxati va qisqacha nima uchun ishlatishimni shu yerga ham yozib qo'ymoqchiman.
Balki kimgadir foydali bo'lar)
-
Notion (https://www.notion.com/) - vazifalarni boshqarish, kundalik, videolar konspektini yozish uchun.
-
Obsidian (https://obsidian.md/) - fikrlarni bitta bitta yozish va ular orasidagi bog'liqlikni ko'rish uchun. Fikrlashni tiniqlashtiradi. (2-miya)
-
Habit (https://apps.apple.com/us/app/habit-tracker/id1438388363) - kunlik odatlarni nazorat qilish.
-
Wallet (https://budgetbakers.com/) - shaxsiy moliya uchun.
-
Daily Deeds (https://dailydeeds.co/) - yaqinda Hojiakbar aka (https://t.me/raqamda\_gaplashamiz/30 )dan bildim, namoz va boshqa ibodatlarni ko'rib borish uchun, juda zo'r ekan.
-
Unhook (https://chromewebstore.google.com/detail/unhook-remove-youtube-rec/khncfooichmfjbepaaaebmommgaepoid?pli=1) - brouzer uchun extension, YouTube rekommendatsiyani va shortsni o'chirib qo'yadi. Chalg'imaslik uchun.
-
Kindle & Apple Books - elektron kitoblar o'qish uchun.
8. Tarteel AI (https://www.tarteel.ai/)
Instagramda reklamasi chiqib turardi, uncha e'tibor bermagan ekanman.
Juda zo'r dastur ekan:
-
Qancha yodlaganingizni kuzatib borish mumkin;
-
O'qiyotganda xato qilsangiz aniqlaydi;
-
Aniqlangan xatoni qayta eshtishingiz mumkin (Aynan nimani xato o'qiganingizni ko'rsatadi);
-
Xatoning to'g'ri versiyasi aslida qanday bo'lishini eshitsangiz bo'ladi;
-
Geymifikatsiya instrumentlari qo'shilgan: ketma-ket nechi kun ishlatganingiz, liderboard, grafiklar har kuni dasturni ishlatishga undaydi.
-
Dastur pulli: oyiga $9.99 (iPhone'chilarga $15);
-
To'lay olmayman desangiz, grant dasturi ham bor ekan
(https://www.tarteel.ai/alim-program).